MIT litsenziyasi
Copyright (c) Andrey Helldar, Laravel-Lang Team
Ushbu dastur va unga tegishli hujjat fayllarining («Dastur») nusxasini olgan har qanday shaxsga Dasturdan cheklovsiz foydalanish uchun bepul ruxsat beriladi. Bu, jumladan, Dasturdan foydalanish, uni nusxalash, o‘zgartirish, birlashtirish, e’lon qilish, tarqatish, quyi litsenziya berish va/yoki nusxalarini sotish, shuningdek Dastur berilgan shaxslarga ham shu huquqlarni quyidagi shartlar asosida berishni o‘z ichiga oladi:
Yuqoridagi mualliflik huquqi bayonnomasi va ushbu ruxsat bayonnomasi Dasturning barcha nusxalari yoki muhim qismlariga kiritilishi shart.
DASTUR «QANDAY BO‘LSA, SHUNDAY» HOLATDA, HECH QANDAY OSHKOR YOKI NAZARDA TUTILGAN KAFOLATLARSIZ TAQDIM ETILADI. JUMLADAN, TIJORATGA YAROQLILIK, MUAYYAN MAQSADGA MUVOFIQLIK VA HUQUQLARNI BUZMASLIK KAFOLATLANMAYDI. MUALLIFLAR YOKI MUALLIFLIK HUQUQI EGALARI DASTUR, UNDAN FOYDALANISH YOKI U BILAN BOSHQA MUOMALALAR BILAN BOG‘LIQ YOKI ULARDAN KELIB CHIQQAN HAR QANDAY DA’VO, ZARAR YOKI BOSHQA JAVOBGARLIK UCHUN, U SHARTNOMA, HUQUQBUZARLIK YOKI BOSHQA ASOSDA YUZAGA KELGANIDAN QAT’I NAZAR, JAVOBGAR EMAS.